Tariflar va pulli funksiyalar shartlari
- Versiya
- 1.2
- Eʼlon qilingan
- Tillar
- Oʻzbekcha
- Русский
Mundarija
Baxtlilar · Rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab amaldagi tahrir · Versiya 1.2 · O‘zbek tili
BAXTLILAR · YURIDIK HUJJATLAR
O‘zbek tili
Versiya 1.2 · Baxtlilar Platformasida rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Operator: ООО «Bahtli bo‘laman». Amaldagi tahrir: baxtlilar.app va Telegram Mini App.
Operator | ООО «Bahtli bo‘laman» |
|---|---|
STIR | 305628985 |
Yuridik manzil | 100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chinobod ko‘chasi, 1-uy, 47-xonadon |
Veb-sayt | https://baxtlilar.app |
Aloqa maʼlumotlari | support@baxtlilar.uz • info@baxtlilar.uz |
Aloqa telefoni | +998 97 464-56-44 |
1. Hujjatning maqsadi va maqomi
1.1. Ushbu Shartlar Baxtlilar’ning asosiy tariflarini, ularning muddatini, foydalanuvchi limitlarini, Trial (sinov davri), pulli kirishni faollashtirish, undan foydalanish va uni oʻzgartirish qoidalarini belgilaydi.
1.2. Bepul Free tarifi ham ushbu Shartlarga kiritilgan, chunki u kirishning asosiy darajasi boʻlib, pulli tarif sotib olinishidan oldingi foydalanuvchi huquqlarini belgilaydi.
1.3. Pulli kirishni xarid qilish shartnomasi Baxtlilar’ning alohida Ommaviy ofertasi va foydalanuvchi toʻlovdan oldin koʻradigan muayyan xarid shartlari asosida tuziladi.
1.4. Muayyan xarid kartasida kamida tarif yoki funksiya nomi, narxi, muddati yoxud amal qilish tamoyili, asosiy limitlari, muhim cheklovlari, faollashtirish shartlari va qoʻllaniladigan pulni qaytarish qoidalari koʻrsatilishi kerak.
1.5. Agar muayyan xarid, aksiya, davr, bozor yoki valyuta uchun Akseptdan oldin Foydalanuvchiga maʼlum qilingan maxsus shartlar belgilangan boʻlsa, ular tegishli xaridga Ommaviy oferta va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining majburiy talablariga zid boʻlmagan qismda qoʻllanadi.
2. Tarif modelining asosiy tamoyillari
2.1. Tarif mavjud harakatlar hajmini, limitlarni, moslik izohining batafsilligini va qoʻshimcha sozlamalarni tartibga soladi, lekin foydalanuvchining insoniy qadrini belgilamaydi.
2.2. Matching (moslashtirish), Safety (xavfsizlik) va Privacy (maxfiylik)ning asosiy sifati Free, Standard, PRO va VIP uchun bir xil.
2.3. Pulli tarif boshqa insonning Compatibility Score koʻrsatkichini oshirmaydi va faqat toʻlov qilinganligi sababli Matching’da ustuvorlik bermaydi.
2.4. Pulli tarif Platformada nazarda tutilgan asos yoki tegishli foydalanuvchining roziligisiz boshqa foydalanuvchining yopiq shaxsga doir maʼlumotlari va boshqa himoyalangan maʼlumotlariga, jumladan telefon raqami, hujjatlari, JShShIR, aniq manzili, toʻlov maʼlumotlari va yopiq fotosuratlariga kirish huquqini bermaydi.
2.5. Block, Report, amaldagi Active Connection ichidagi asosiy Chat, Photo Privacy, Contact Privacy va boshqa asosiy xavfsizlik choralari pulli imtiyoz emas.
2.6. Toʻlov mos anketalarning muayyan sonini, javob, Mutual Interest, Chat, fotosurat yoki kontakt ochilishini, uchrashuv, koʻchib oʻtish, munosabatlar yoki oila qurishni kafolatlamaydi.
2.7. Boshqa foydalanuvchining tarifi xususiy moliyaviy maʼlumot boʻlib, Candidate Profile’da maqom, badge yoki tavsif sifatida koʻrsatilmaydi.
3. Free / Standard / PRO / VIP funksional modeli
Funksiya | Free | Standard | PRO | VIP |
|---|---|---|---|---|
Matching’da ishtirok etish | Ha | Ha | Ha | Ha |
Kunlik tavsiyalar (Recommendations) | 1 | 3 | 5 | 7 |
Interest’ni mustaqil yuboradi | Yoʻq | Ha | Ha | Ha |
Kiruvchi Interest’ni oladi | Ha | Ha | Ha | Ha |
Kiruvchi Interest’ni qabul qiladi / rad etadi | Ha | Ha | Ha | Ha |
Javob kutilayotgan yuborilgan qiziqishlar (Pending outgoing Interest) | 0 | 3 gacha | 5 gacha | 10 gacha |
Faol tanishuvlar (Active Connections) | 1 gacha | 1 gacha | 3 gacha | 5 gacha |
Mutual Interest’dan keyingi Chat | Ha* | Ha | Ha | Ha |
Saqlangan anketalar (Saved Profiles) | 0 | 3 gacha | 5 gacha | 10 gacha |
Moslik izohi | asosiy | asosiy | batafsil | eng batafsil |
Yumshoq ustuvorliklarni sozlash | eng kam | asosiy | kengaytirilgan | eng keng |
Block / Report / asosiy xavfsizlik | toʻliq | toʻliq | toʻliq | toʻliq |
Consent’siz xususiy maʼlumotlar | yoʻq | yoʻq | yoʻq | yoʻq |
* Free uchun Chat, agar Mutual Interest Interest yuborishga haqli foydalanuvchi boshlagan haqiqiy kiruvchi Interest asosida yuzaga kelgan boʻlsa, mavjud boʻladi.
4. Narxlar va kirish muddati
Tarif | Oʻzbekiston | Muddat | Xalqaro | Muddat |
|---|---|---|---|---|
Free | 0 soʻm | toʻlovsiz | 0 | toʻlovsiz |
Standard | 250 000 soʻm | 1 oy | $49 | 1 oy |
PRO | 1 200 000 soʻm | 6 oy | $249 | 6 oy |
VIP | 2 000 000 soʻm | oldindan belgilangan tugash sanasisiz | $499 | oldindan belgilangan tugash sanasisiz |
«Oʻzbekiston» ustunidagi narxlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan xizmatlarga qoʻllanadi va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda belgilanadi.
«International» ustunidagi narxlar tegishli xorijiy bozorlar uchun moʻljallangan boʻlib, qoʻllaniladigan qonunchilik va mavjud toʻlov usuliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishda qoʻllanishi mumkin.
4.1. Muayyan xaridning aniq narxi toʻlovdan oldin Xarid kartasida belgilanadi. Aksiyalar, promo-takliflar, maxsus bozorlar yoki boshqa valyutalar uchun narx farq qilishi mumkin, agar bu Akseptdan oldin aniq koʻrsatilsa.
4.2. Xarid kartasida boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, Standard va PRO faollashtirilgan paytdan boshlab toʻlangan muddat davomida amal qiladi.
4.3. Akkaunt saqlanib qolishi, qoidalarga rioya etilishi va Baxtlilar servisi mavjud boʻlishi sharti bilan VIP oldindan belgilangan kalendar tugash sanasisiz amal qiladi. VIP Platformaning umrbod mavjud boʻlishi haqidagi vaʼda emas.
4.4. Xalqaro bozorlarda xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilganda, hisobdan yechib olinadigan haqiqiy valyuta, qoʻllaniladigan konvertatsiya kursi, bank va boshqa komissiyalar bank, toʻlov tashkiloti, ilovalar doʻkoni operatori yoki boshqa toʻlov provayderi tomonidan belgilanishi mumkin. Tegishli maʼlumot Foydalanuvchiga qoʻllanilayotgan toʻlov usuli shartlarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
4.5 Muayyan xalqaro operatsiyani rasmiylashtirish, amalga oshirish va hisobga olishning qoʻllaniladigan tartibi Foydalanuvchining maqomi, foydalanilayotgan toʻlov usuli va tegishli operatsiyaning boshqa holatlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
5. Limitlar qanday ishlaydi
5.1. Kunlik Recommendations — yetarli miqdorda ruxsat etilgan nomzodlar mavjud boʻlsa, mahsulot kuni davomida foydalanuvchiga koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yangi tavsiyalarning eng koʻp soni.
5.2. Recommendations limiti koʻrsatilgan miqdordagi anketalarni namoyish etish vaʼdasi emas. Mos nomzodlar kamroq boʻlsa, Platforma amalda mavjud miqdorni koʻrsatadi va limitni tasodifiy yoki oldindan nomuvofiqligi maʼlum boʻlgan profillar bilan toʻldirishga majbur emas.
5.3. Pending outgoing Interest — foydalanuvchining oʻzi yuborgan va ayni paytda javob kutilayotgan chiquvchi Interestlarning eng koʻp soni.
5.4. Kiruvchi Interestlar qabul qiluvchining Pending outgoing Interest limitini band qilmaydi.
5.5. Free uchun Pending outgoing Interest = 0, chunki u mustaqil ravishda Interest yubormaydi, biroq ruxsat etilgan kiruvchi Interestlarni olishi, qabul qilishi yoki rad etishi mumkin.
5.6. Javobsiz qolgan Interest 72 soatdan keyin avtomatik yopilishi mumkin, shundan soʻng Pending-limitdagi tegishli joy boʻshaydi.
5.7. Active Connection Mutual Interest yuzaga kelib, faol tanishuv yaratilgandan keyin hisobga olinadi. Limitga yetilganda, mahsulot mantigʻiga muvofiq joy boʻshamaguncha yangi Active Connection yaratilmaydi.
5.8. Saved Profile — anketani maxfiy saqlash. Boshqa foydalanuvchiga bildirishnoma yuborilmaydi va u saqlashlar sonini koʻrmaydi.
5.9. Platforma belgilaydigan miqdoriy limitlar foydalanuvchilar oʻzaro munosabatining sifatini, Platformaning barqaror ishlashini taʼminlash hamda ommaviy yoki istalmagan oʻzaro aloqalar xavfini kamaytirishga qaratilgan texnik va mahsulot cheklovlaridir. Bunday limitlar Foydalanuvchining shaxsi, jozibadorligi, niyatlarining jiddiyligi, ijtimoiy maqomi, unga boʻlgan talab yoki boshqa xususiyatlarini baholash hisoblanmaydi.
6. Trial (sinov muddati)
6.1. Baxtlilar profil eʼlon qilinganidan keyin Trial A/B-testini oʻtkazishi mumkin.
6.2. Nazorat guruhida foydalanuvchi profil eʼlon qilinganidan keyin Free’da qoladi. Sinov guruhida foydalanuvchiga bir marta avtomatik tarzda 24 soatga Standard berilishi mumkin.
6.3. Trial dastlabki roʻyxatdan oʻtishdan emas, profil eʼlon qilinganidan keyin boshlanadi.
6.4. Trial mablagʻlarning avtomatik yechilishi bilan birga kechmaydi va foydalanuvchining alohida xaridisiz pulli obunaga aylanmaydi.
6.5. Trial tugaganidan keyin, foydalanuvchi ungacha boshqa tarifni sotib olmagan boʻlsa, Free’ga qaytadi.
6.6. Mutual Interest va allaqachon yaratilgan Chat faqat Trial tugagani sababli yopilmaydi; keyingi yangi harakatlar Free’ning amaldagi huquqlari va Active Connection holati bilan belgilanadi.
6.7. Trial sinov tariqasidagi promo-mexanizm boʻlib, barcha foydalanuvchilarga berilmasligi mumkin. Agar foydalanuvchiga avvaldan buning aksi aniq vaʼda qilinmagan boʻlsa, Trial berilmasligining oʻzi qoidabuzarlik hisoblanmaydi.
7. Digital Compliments, Referral va alohida xizmatlar
7.1. Digital Compliments (raqamli iltifotlar) MVP’da foydalanuvchiga interfeysda koʻrsatilgan hajm, narx va limitlarda alohida funksiya sifatida mavjud boʻlishi mumkin.
7.2. Digital Compliment bir Foydalanuvchi tomonidan boshqasiga yuboriladigan ixtiyoriy raqamli eʼtibor belgisi boʻlib, oʻz-oʻzidan qabul qiluvchiga yuboruvchiga javob berish, Interest yuborish yoki qabul qilish, Mutual Interest yaratish, Chat ochish, fotosurat, aloqa maʼlumotlariga kirish huquqini berish yoki boshqa tarzda oʻzaro aloqani davom ettirish majburiyatini yuklamaydi.
Digital Compliment yuborish yoki olish Mutual Interest, Active Connection yuzaga kelishi, muloqot boshlanishi yoki tanishuvning boshqa biror natijasiga erishish kafolati emas.
7.3. Alohida raqamli funksiya uchun toʻlov faqat Foydalanuvchiga toʻlovdan oldin koʻrsatilgan funksiyani va hajmni sotib olishni anglatadi hamda, Foydalanuvchi buning aksini bevosita tanlamagan boʻlsa, tarifni avtomatik sotib olish, uzaytirish yoki oʻzgartirishga olib kelmaydi
7.4. Referral (referal dasturi) eʼlon qilingan shartlar bajarilganda foydalanuvchiga promo-kirish yoki boshqa bonus berishi mumkin. Talablarga mos taklif mezonlari, taklif etilganlar soni, bonus muddati va firibgarlikka qarshi qoidalar Referral’ning alohida shartlari va/yoki interfeys bilan belgilanadi.
Operator Referral’dan suiisteʼmol va firibgarlik yoʻli bilan foydalanishning oldini olishga qaratilgan choralarni qoʻllashga, jumladan takroriy, soxta, avtomatik yaratilgan yoki boshqa tarzda insofsiz roʻyxatdan oʻtishlarni aniqlashga haqli. Referral’ning eʼlon qilingan shartlari buzilganda bonus hisoblanmasligi yoki bekor qilinishi mumkin.
7.5. Individual, agar u amalda ishga tushirilgan boʻlsa, alohida shaxsiy formatdir. Uning mazmuni, narxi, muddati, bosqichlari, bajarish va pulni qaytarish tartibi alohida buyurtma, Ommaviy oferta yoki shartnomada belgilanadi.
7.6. Boost/TOP (ustuvor koʻrinish) majburiy MVP tarkibiga kirmaydi va alohida ishga tushirilib, tegishli shartlar eʼlon qilinmaguncha Free, Standard, PRO yoki VIP tarkibidagi funksiya hisoblanmaydi.
7.7. Amaldagi VIP tarifi uchun sutkasiga jami 10 tagacha bepul Digital Compliments taqdim etiladi. Bepul limitga barcha toʻrt tur kiradi: «Iliq belgi», «Iltifot», «Alohida» va «Premium». Bir qabul qiluvchiga 24 soat ichida koʻpi bilan bitta iltifot yuborishga ruxsat etiladi. Yuborish faqat Mutual Interest’dan keyin faol Chat’da ruxsat etiladi. Sutkalik limit Toshkent vaqti (Asia/Tashkent) bilan 00:00 da yangilanadi; ishlatilmagan qoldiq keyingi kunga oʻtkazilmaydi. Ommaviy avtomatlashtirilgan yuborishlar va cheklovlarni chetlab oʻtish taqiqlanadi. Funksiya amalda texnik ishga tushirilgandan keyin taqdim etiladi; qoʻshimcha shartlar Digital Compliments shartlari bilan belgilanadi.
8. Xarid, faollashtirish va toʻlov
8.1. Platformaning pulli tariflari va alohida pulli funksiyalari uchun toʻlov Foydalanuvchiga mavjud toʻlov vositalari va Platformaga ulangan toʻlov provayderlari orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi. Foydalanuvchiga Click, Payme, bank xizmatlari, ilovalar doʻkoni operatorlari va boshqa toʻlov usullari mavjud boʻlishi mumkin. Aniq toʻlov usullari Foydalanuvchiga toʻlovni amalga oshirishdan oldin koʻrsatiladi. Operator muayyan bir toʻlov usulining doimiy mavjudligini kafolatlamaydi.
8.2. Bank rekvizitlarini qayta ishlash tegishli toʻlov provayderi tomonidan amalga oshiriladi. Agar ularni qayta ishlash tashqi toʻlov provayderi tomonidan amalga oshirilsa, Operator PIN-kodlar, CVV-kodlar va bank kartalarining toʻliq raqamlarini saqlamaydi.
8.3. Tarif yoki funksiya Operator muvaffaqiyatli toʻlov tasdigʻini olganidan keyin faollashtiriladi.
8.4. Foydalanuvchi xarid holatini, qoʻllaniladigan tarif/funksiyani, muddatli kirish uchun esa tugash muddatini yoki uni belgilash tamoyilini koʻra olish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
8.5. Avtomatik uzaytirish yoki mablagʻlarni takroran yechish faqat Foydalanuvchining tegishli roziligi mavjud boʻlganda hamda qonunchilik va tegishli toʻlov xizmati shartlarida nazarda tutilgan tartibda qoʻllaniladi.
8.6. Elektron chek, kvitansiya yoki boshqa toʻlov tasdigʻi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va tegishli toʻlov provayderi qoidalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etiladi.
9. Toʻlov xatolari va pulni qaytarish
9.1. Mablagʻ yechilgan, biroq kirish faollashmagan boʻlsa, Foydalanuvchi support@baxtlilar.uz manziliga murojaat qilib, operatsiyani topish uchun yetarli maʼlumotni: akkaunt, sana, summa, toʻlov usuli va toʻlov identifikatori yoki chekni taqdim etishi kerak.
9.2. Foydalanuvchi qoʻllab-quvvatlash xizmatiga parol, SMS-kod, PIN, CVV yoki bank kartasining toʻliq raqamini bermasligi kerak.
9.3. Tekshiruvdan soʻng Operator kirishni qoʻlda faollashtirishi, funksiyani tiklashi, funksiyani qaytadan taqdim etishi, muddatni uzaytirishi yoki nazarda tutilgan hollarda pulni qaytarishni rasmiylashtirishi mumkin.
9.4. Tegishli xaridda nazarda tutilgan funksiyalar Foydalanuvchiga belgilangan hajmda va nazarda tutilgan muddat davomida amalda taqdim etilgan boʻlsa, boshqa Foydalanuvchining javobi, Interest, Mutual Interest, mos tavsiya, uchrashuv, muloqot davomi, munosabatlar yuzaga kelishi yoki nikoh tuzilishining yoʻqligi oʻz-oʻzidan pulli tarif yoki alohida raqamli funksiya taqdim etilmagani yoki lozim darajada taqdim etilmaganidan dalolat bermaydi.
9.5. Qisqa muddatli texnik ishlar, yangilanishlar, tuzatishlar va nosozliklar xizmat taqdim etilmaganini avtomatik anglatmaydi. Foydalanish imkoni yoʻqligining jiddiyligi davomiylik, hajm va pulli funksiyadan amalda foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda baholanadi.
9.6. Foydalanuvchi akkauntini oʻchirishi, Platformadan keyingi foydalanishdan ixtiyoriy voz kechishi yoki Foydalanuvchi kelishuvi, Platforma qoidalari yoxud boshqa majburiy talablarni buzganligi sababli akkauntining cheklanishi yoki bloklanishi oʻz-oʻzidan ilgari toʻlangan mablagʻlarni qaytarish uchun shartsiz asos boʻlmaydi. Agar Operatorning aybi bilan funksiyadan foydalanish jiddiy ravishda imkonsiz boʻlsa va uni oqilona tarzda tiklashning iloji boʻlmasa, Pulni qaytarish siyosati va qonunchilikning majburiy talablari qoʻllaniladi.
9.7. Raqamli kirish huquqi tegishli tartibda faollashtirilgan va taqdim etilgan bo‘lsa, Baxtlilar faqat tanishuv natijasi bo‘lmagani, shaxsiy qaror o‘zgargani yoki mavjud funksiyadan ixtiyoriy ravishda foydalanilmagani sababli pulni qaytarishni nazarda tutmaydi. Ushbu qoida xato yoki ikki marta to‘lov qilinganda, xizmat ko‘rsatilmaganda, jiddiy kamchiliklar aniqlanganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda qonuniy huquqlarni cheklamaydi.
10. Cheklovlar, bloklash va tariflarni oʻzgartirish
10.1. Foydalanuvchida pulli tarif, alohida pulli funksiya yoki boshqa pulli kirish mavjudligi uni Platformada nazarda tutilgan verifikatsiya va moderatsiya jarayonlaridan oʻtish, Xulq-atvor qoidalari va xavfsizlik talablariga rioya qilishdan ozod etmaydi hamda Foydalanuvchi yuzasidan kelib tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish va Foydalanuvchi kelishuvida nazarda tutilgan kirishni cheklash yoki bloklash choralarini qoʻllash imkoniyatini istisno etmaydi.
10.2. Foydalanuvchida pulli tarif mavjudligidan qatʼi nazar, u Platformadan foydalanish shartlari, xavfsizlik talablari yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgan hollarda Operator Platforma qoidalarida nazarda tutilgan xavfsizlik va moderatsiya choralarini, jumladan alohida funksiyalarni cheklash, kirishni vaqtincha toʻxtatish yoki akkauntni bloklashni qoʻllashga haqli.
10.3. Foydalanuvchiga nisbatan alohida funksiyalarni cheklash, kirishni vaqtincha toʻxtatish yoki akkauntni bloklash choralarining qoʻllanilishi oʻz-oʻzidan toʻlangan mablagʻlarni qaytarish uchun shartsiz asos boʻlmaydi. Toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asoslarning mavjudligi va uning miqdori tegishli choraning qoʻllanish sababi, amalda taqdim etilgan xizmat hajmi, muayyan xarid shartlari, Ommaviy oferta, Pulni qaytarish siyosati va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining majburiy talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
10.4. Baxtlilar kelajakdagi xaridlar va Platformadan foydalanishning keyingi davrlari uchun tariflar nomi, qiymati, funksiyalar tarkibi, miqdoriy va boshqa limitlar hamda tariflarning boshqa shartlarini oʻz ixtiyoriga koʻra oʻzgartirishga haqli. Ushbu Ommaviy oferta yoki xarid shartlarida boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzgarishlar Foydalanuvchi allaqachon toʻlagan kirish davri yoki hajmiga tatbiq etilmaydi.
10.5. Operator Platformaning texnik arxitekturasi, konfiguratsiyasi, interfeysi, ishlash algoritmlari, funksiyalarni koʻrsatish va taqdim etish usullari, texnik parametrlari, yuklamani taqsimlash mexanizmlari, shuningdek texnik va ekspluatatsion cheklovlarini, jumladan server tomonida va mijoz ilovasini yangilash zaruratisiz, oʻz ixtiyoriga koʻra oʻzgartirishga haqli.
Bunday oʻzgarishlar Platformani rivojlantirish va takomillashtirish, uning barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash, suiisteʼmollarning oldini olish, texnik ishlarni oʻtkazish, funksiyalarni optimallashtirish yoki qonunchilik talablarini bajarish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Agar mazkur oʻzgarishlar tegishli toʻlangan davr mobaynida Foydalanuvchi bevosita sotib olgan pulli kirish hajmining sezilarli kamayishiga olib kelmasa, ular oʻz-oʻzidan pulli xizmat shartlarining oʻzgarishi hisoblanmaydi.
10.6. Agar pulli funksiya jiddiy oʻzgartirilgan, foydalanish uchun yopilgan yoki taqdim etilishi imkonsiz boʻlsa, Ommaviy oferta, Pulni qaytarish siyosati va qonunchilikning majburiy talablari qoʻllaniladi.
11. Bogʻliq hujjatlar va shartlar ustuvorligi
11.1. Ushbu Shartlar Platformadan foydalanishni huquqiy tartibga solishning tarkibiy qismi boʻlib, Foydalanuvchi kelishuvi, Ommaviy oferta, Maxfiylik siyosati, Pulni qaytarish siyosati, Foydalanuvchining tegishli roziliklari, Platforma qoidalari, Xulq-atvor qoidalari, Digital Compliments, sovgʻa, referal va boshqa alohida funksiyalar shartlari, shuningdek Foydalanuvchi amalda foydalanayotgan xizmat, tarif yoki funksiyaga oid boshqa maxsus shartlar bilan birgalikda qoʻllaniladi.
11.2. Pulli tarif, alohida pulli funksiya yoki boshqa pulli kirishni sotib olishga nisbatan Ommaviy oferta va toʻlovdan oldin Foydalanuvchiga yetkazilgan tegishli xarid shartlari qoʻllaniladi.
Platforma hujjatlarining umumiy qoidalari bilan muayyan xaridning qiymati, muddati, hajmi, funksiyalar tarkibi, limitlari va boshqa bevosita kelishilgan parametrlari boʻyicha maxsus shartlari oʻrtasida tafovut boʻlsa, muayyan xarid shartlari qoʻllaniladi
11.3. Xaridni bekor qilish, mablagʻlarni qaytarish, qiymatni qayta hisoblash, foydalanish imkoni boʻlmagan davrni qoplash va pulli xizmatni taqdim etish imkonsizligi yoki lozim darajada taqdim etilmaganligining boshqa oqibatlariga oid munosabatlarga Ommaviy oferta va Pulni qaytarish siyosati qoʻllaniladi.
11.4. Foydalanuvchining shaxsga doir maʼlumotlari Maxfiylik siyosati, Foydalanuvchining tegishli roziliklari va Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq qayta ishlanadi.
12. Rekvizitlar va aloqa maʼlumotlari
Operator | ООО «Bahtli bo‘laman» |
|---|---|
STIR | 305628985 |
Yuridik manzil | 100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chinobod ko‘chasi, 1-uy, 47-xonadon |
Veb-sayt | https://baxtlilar.app |
Tariflar, toʻlovlar va qoʻllab-quvvatlash | support@baxtlilar.uz |
Rasmiy murojaatlar | info@baxtlilar.uz |
Aloqa telefoni | +998 97 464-56-44 |